Toshkentda yana bir avtobus yondi

Toshkentda yana bir avtobus yondi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Bugun, 11 dekabr kuni Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasida «4-avtobus saroyi» MChJga qarashli «Mercedes-Benz Low Floor» rusumidagi yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Erkin – Oloy bozori yo‘nalishida harakatlangan avtobus Navoiy ko‘chasidan yurayotganida to‘satdan olov olgan.

Yong‘in haqida navbatchi qismga soat 7:23da ma’lumot kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar sa’y-harakati bilan 7:29da yong‘in o‘chirilgan. Haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, avtobusning yoqilg‘i tizimidagi nosozlik yong‘inga sabab bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.