Yangi yil tadbirlari Toshkent shahrining qaysi joylarida o‘tkaziladi?

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent shahrida archalar o‘rnatiladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi kutubxona orqasida, Istiqlol ko‘chasida o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, qishning asosiy bayrami kunlari yana beshta asosiy archa bezatiladi. Ular Xalqlar Do‘stligi va Xadra maydonlarida Toshkent Davlat sirki oldida, «Next» va «Compass» savdo-ko‘ngilochar markazlari yaqinida va Algoritm dahasida «Roison Elektronics «korxonasi yonida o‘rnatiladi.
Tuman hokimliklari, shuningdek, poytaxt hayvonot bog‘i, «Ecobozor» savdo kompleksi hududida, «GreenPark»da, «Ashxobod», «Do‘stlik», «Eko park», Mirzo Ulug‘bek nomidagi «Central Park» bog‘larida, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr oldida, O‘zbekiston Milliy banki yonida va boshqa joylarda bayram tadbirlarini uyushtiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkent shahrida archalar o‘rnatiladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi kutubxona orqasida, Istiqlol ko‘chasida o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, qishning asosiy bayrami kunlari yana beshta asosiy archa bezatiladi. Ular Xalqlar Do‘stligi va Xadra maydonlarida Toshkent Davlat sirki oldida, «Next» va «Compass» savdo-ko‘ngilochar markazlari yaqinida va Algoritm dahasida «Roison Elektronics «korxonasi yonida o‘rnatiladi.
Tuman hokimliklari, shuningdek, poytaxt hayvonot bog‘i, «Ecobozor» savdo kompleksi hududida, «GreenPark»da, «Ashxobod», «Do‘stlik», «Eko park», Mirzo Ulug‘bek nomidagi «Central Park» bog‘larida, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr oldida, O‘zbekiston Milliy banki yonida va boshqa joylarda bayram tadbirlarini uyushtiradi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













