2019 yildan harbiylar va sudyalarning soliq imtiyozlari bekor qilinadi

2019 yildan harbiylar va sudyalarning soliq imtiyozlari bekor qilinadi
2019 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda harbiylar va sudyalarning soliq imtiyozlari bekor qilinadi. Bu haqda \"Soliq va byudjet qonunlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida\"gi qonunda keltiriladi.

Qonunga muvofiq, endilikda quyidagi soha xodimlari soliq imtiyozlaridan bekor qilinadi:

- Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, DXXning oddiy askarlar va ofitserlari, shuningdek, xizmat davomida olingan mukofot pullari uchun soliq imtiyozlari bekor qilinadi;
- Oliy Sud va Konstitutsion sudlar, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, ma’muriy va harbiy sudlar sudyalari, shuningdek, ma’lum bir maqomga ega prokuratura organlari xodimlari.

Ma’lumot uchun: 2019 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslar yagona 12 foiz stavkasi bo‘yicha daromad solig‘ini to‘laydi. Hozirda daromad solig‘i stavkalari progressiv shkala bo‘yicha hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.