Bir necha uy va kvartiralarga ega shaxslar uchun soliq miqdori oshiriladi

Bir necha uy va kvartiralarga ega shaxslar uchun soliq miqdori oshiriladi
O‘zbekistonda bir necha uy-joyga va dala hovliga ega shaxslar uchun yuqori stavkada mulk solig‘i joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi ob’ektlari uchun yuqori miqdorda soliq to‘laydilar.

Bu haqda «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.

Hujjatga ko‘ra, Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2019 yil 1 mayiga qadar, xalqaro tajribani o‘rgangan holda, jismoniy shaxslarning ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi ob’ektlari uchun yuqori stavkadagi soliqlarni joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirig‘i berilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.