IIBB Yunusobodda sodir boʻlgan YTH haqida maʼlumot berdi

18 yanvar kuni soat taxminan 19.00da Toshkent shahar Yunusobod tumanida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumandagi Usta Shirin va Ahmad Donish koʻchalari chorrahasida 18 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Kobalt” va 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti” oʻrtasida toʻqnashuv yuzaga kelgan. Natijada “Kobalt” agʻdarilib ketgan.
Hodisa oqibatda “Kobalt”dagi yoʻlovchi — 41 yoshli ayol tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan. Haydovchilar esa shikastlanishmagan.
Ushbu YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Maʼlum qilinishicha, tumandagi Usta Shirin va Ahmad Donish koʻchalari chorrahasida 18 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Kobalt” va 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti” oʻrtasida toʻqnashuv yuzaga kelgan. Natijada “Kobalt” agʻdarilib ketgan.
Hodisa oqibatda “Kobalt”dagi yoʻlovchi — 41 yoshli ayol tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan. Haydovchilar esa shikastlanishmagan.
Ushbu YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













