Xonadonga shaxta orqali kirgan o‘g‘ri qo‘lga olindi

Xonadonga shaxta orqali kirgan o‘g‘ri qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida shu yil 13 fevral kuni Alimkent 1-tor ko‘chasida yashovchi I.T. fuqaro Z.N. ning uyiga shaxta orqali kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u uy egasining xonasidan umumiy qiymati 14 000 100 so‘mlik sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari va 2 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. I.T. qo‘lga olingan.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.