Qashqadaryoda yangi masjidga tamal toshi qo‘yildi (foto)

Qashqadaryoda yangi masjidga tamal toshi qo‘yildi (foto)
Muftiy Usmonxon Alimov Qashqadaryo viloyatida yangidan barpo etilayotgan «Abdurahmon Halifa» jome masjidining birinchi g‘ishtini qo‘yib berish uchun Koson tumaniga tashrif buyurdi, deya xabar beradi «Azon.uz».

Jome masjid poydevoriga tamal toshini qo‘yish jarayonida muftiy ushbu masjid mo‘min-musulmonlar uchun ziyo va hidoyat tarqatuvchi, yoshlar ma’rifati yuksalishida ulkan hissa qo‘shadigan dargoh bo‘lishini tilab, mazkur xayrli ishga hissa qo‘shganlar hamda mutasaddilar haqqiga duo qildi.
Qashqadaryoda yangi masjidga tamal toshi qo‘yildi (foto)
Foto: «Azon.uz»
Tadbirda ulamolar, mahalla faollari, mo‘ysafid otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.