Toshkentda fuqaroni 540 ming AQSH dollariga chuv tushirgan 2 shaxs qoʻlga olindi

Toshkentda fuqaroni 540 ming AQSH dollariga chuv tushirgan 2 shaxs qoʻlga olindi
Joriy yilning 14 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga koʻra, Yunusobod tumanida yashovchi K.A. va Shayxontohur tumanida yashovchi T.J. fuqaro M.R.ga Chilonzor tumanidagi “Flamingo” restorani oldidagi boʻsh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni vaʼda qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, ular 2017 yil sentabr oyidan 2018 yil noyabr oyigacha boʻlgan vaqt oraligʻida undan 540 000 AQSH dollarini olib, bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermaganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, K.A. va T.J.lar qoʻlga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.