Namanganda YHXB haydovchilarga qahva taklif etmoqda (video)

Foto: Namangan viloyat IIB YHXB
Qamchiq dovonidan oʻtuvchi “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlida ikki joyda haydovchilar uchun kichik qahvaxonalar tashkil etildi. Bu haqda Namangan viloyat IIB YHXB matbuot guruhiga tayanib “Daryo” maʼlum qildi.
— Maqsad uzoq masofadan, ayniqsa tungi vaqtda kelayotgan haydovchilar hushyorligini oshirish, charchoq alomati sezilganda tetiklashtirishdan iborat. Ularga ushbu qahvaxonalarda bepul ravishda qaynoq qahva va choy taklif etilmoqda, — deydi guruh katta inspektori Shokirjon Hoshimov.

Foto: Namangan viloyat IIB YHXB
Birinchisi Toshkent — Oʻsh yoʻlining 221-kilometridagi nazorat maskanida, ikkinchisi Namangan muntazam yoʻl-patrul xizmati maskanida tashkil etilgan qahvaxonalarda yoʻl-transport hodisalari oqibatlari aks etgan videolavhalar namoyishi ham yoʻlga qoʻyildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qamchiq dovonidan oʻtuvchi “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlida ikki joyda haydovchilar uchun kichik qahvaxonalar tashkil etildi. Bu haqda Namangan viloyat IIB YHXB matbuot guruhiga tayanib “Daryo” maʼlum qildi.
— Maqsad uzoq masofadan, ayniqsa tungi vaqtda kelayotgan haydovchilar hushyorligini oshirish, charchoq alomati sezilganda tetiklashtirishdan iborat. Ularga ushbu qahvaxonalarda bepul ravishda qaynoq qahva va choy taklif etilmoqda, — deydi guruh katta inspektori Shokirjon Hoshimov.

Foto: Namangan viloyat IIB YHXB
Birinchisi Toshkent — Oʻsh yoʻlining 221-kilometridagi nazorat maskanida, ikkinchisi Namangan muntazam yoʻl-patrul xizmati maskanida tashkil etilgan qahvaxonalarda yoʻl-transport hodisalari oqibatlari aks etgan videolavhalar namoyishi ham yoʻlga qoʻyildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













