Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?

Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?
Foto: Xabar.uz
Oʻzbekistonda qator shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram kanali.

Ular:
- avtomobilning orqa oʻrindigʻidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;
- transport vositasini oʻquvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni oʻrgatuvchi amaliy mashgʻulotlar instruktori;
- homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yoʻlovchilar;
- orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;
- aholi punktlarida harakatlanishda — yoʻnalishli taksi haydovchilari, taksining orqa oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar;
- aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yoʻlovchilari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.