Xonanda Dimash Kudaybergen Mirziyoyev va To‘qayev bilan uchrashdi (video)

Xonanda Dimash Kudaybergen Mirziyoyev va To‘qayev bilan uchrashdi (video)
Foto: Instagram / Tokayev_online
Xonanda Dimash Kudaybergen Toshkentda Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Dimash Kudaybergen — Qozog‘istonning dovrug‘ini dunyoda doston qilayotgan yulduz. Turli davlatlardagi muxlislari uning konsertlarida bo‘lish va noyob ovozini eshitishni istaydi. Kecha Dimash Toshkentda SOS d‘un terrien en detresse nomli fransuz qo‘shig‘ini ijro etdi va o‘zbek tomoshabinlari qalbini zabt etdi», — deya yozuv qoldirgan To‘qayev.
Xonanda Dimash Kudaybergen Mirziyoyev va To‘qayev bilan uchrashdi (video)
Foto: Instagram / Tokayev_online
Eslatib o‘tamiz, qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen 14 aprel kuni Toshkentga kelgan edi. Uni ko‘p sonli muxlislari qarshi olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.