Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumanida 5 tashabbusni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi (foto)

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumanida 5 tashabbusni joriy qilish bo‘yicha belgilangan ishlarni amalga oshirish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumanida 5 tashabbusni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi (foto)
Foto: Saida Mirziyoyeva / Facebook
Saida Mirziyoyeva tumandagi «Bo‘ston» madaniyat markazi atrofida va 28-son umumta’lim maktabi o‘rnida o‘z ichiga 5 ta tashabbusni mujassamlantirgan qishloq ma’naviy-ma’rifiy markazlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan.
Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumanida 5 tashabbusni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi (foto)
Foto: Saida Mirziyoyeva / Facebook
Uning aytishicha, ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar natijadorligi va guruh oldida turgan vazifalar atroflicha muhokama qilinib, aniq va istiqbolli strategik reja ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olingan.
Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumanida 5 tashabbusni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi (foto)
Foto: Saida Mirziyoyeva / Facebook
«Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar ijrosining o‘zagi sifatida maktablarni belgilagan bo‘lar edim. Fikrimcha, aynan maktablarni 5 ta tashabbus zamirida madaniyat, ma’rifat, sport va kompyuter texnologiyalari o‘chog‘i sifatida belgilab olsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu borada taklif va mulohazalaringizni bersangiz», deya yozuv qoldirgan Saida Mirziyoyeva.
Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumanida 5 tashabbusni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi (foto)
Foto: Saida Mirziyoyeva / Facebook
Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumanida 5 tashabbusni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi (foto)
Foto: Saida Mirziyoyeva / Facebook
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.