Navoiylik shifokor Qur’on oyatlarining inson organizmidagi gijjalarga ta’sirini o‘rganmoqda

Navoiylik shifokor Qur’on oyatlarining inson organizmidagi gijjalarga ta’sirini o‘rganmoqda
Foto: «Navoitoday»
Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik-bioximik laboratoriyasi oliy toifali laboranti, 26 yillik tajribaga ega shifokor Zafar Fozilov Qur’on oyatlarining inson organizmidagi gijjalarga ta’sirini o‘rganmoqda. Bu haqda «Navoitoday» xabar bermoqda.
Bugungi kungacha bu borada bir nechta tajribalar o‘tkazilib, natijalar ham olingan.

— Bakteriologik laboratoriyada bemorlardan olingan namunalar mikroblarning ozuqali muhitida ekiladi, ya’ni bakterioskopiya qilinadi. Ma’lum harorat va vaqtdan so‘ng mikroblar unib chiqadi va ularning tuzilishiga qarab qaysi turga mansubligini aniqlaymiz. Agar shu jarayonda Qur’on oyatlari yangrasa bakteriyalar odatdagicha unishda davom etarmikan, deb o‘ylab qoldim va bemorlarimning biridan olingan namunalarda buni sinab ko‘rdim. Najas tahlil qilinganda bemor organizmida pakana gijjalar borligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu gijjalardan ikkita namuna olib, ularni bir xil sharoitdagi ikkita xonaga qo‘ydim. Odatda bu «mitti qurt»lar distillangan suvda yuvilgandan keyin petri likopchasida quruq holda bir soatdan so‘ng nobud bo‘ladi.

Gijjalarni ikkita xonaga joylashtirilgan vaqtni belgilaganimdan so‘ng birinchi xonadagi namunalarga 15 daqiqa Qur’on oyatlarini «eshittirdim». Buni qarangki mazkur sharoitda 1 soatda o‘lishi lozim bo‘lgan gijjalar harakatdan to‘xtadi – nobud bo‘ldi. Shu zahoti narigi xonaga o‘tdim. U yerda esa gijjalar hamon tirik edi. Shunda mazkur tajribani yana davom etish kerakligi, jahon olimlari tomonidan bu masala, ya’ni Qur’on oyatlarining gijjalarga ta’siri qay darajada o‘rganilganligini chuqur bilish kerakligini angladim. Bugungi kunda izlanishlarimni davom etayapman. Islomshunos olimlar bilan maslahatlashmoqdaman, – deydi oliy toifali laborant Zafar Fozilov.
Navoiylik shifokor Qur’on oyatlarining inson organizmidagi gijjalarga ta’sirini o‘rganmoqda
Shifokorning aytishicha tajribani keng ommaga namoyish etish uchun mikroblar harakatini tasvirga tushirib beruvchi zamonaviy mikroskop zarur. Bugungi kunda shifoxona rahbariyatini ham mazkur jarayon qiziqtirib qo‘ygan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.