Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Muzrabot tumanidagi «Yangiobod invest servis» xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Parranda yetti xazinaning biri, aholining kundalik iste’mol tovarlari bo‘lgan go‘sht va tuxum ta’minoti manbai. Ushbu mahsulotlarni mo‘l va arzon qilish maqsadida joylarda parrandachilik korxonalari tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
Yaqinda Muzrabot tumanida ham ana shunday kompleks ishga tushirildi. 10 gektar maydonda yettita tovuqxona, ikkita jo‘jaxona va ma’muriy binolar qurilib, 220 gektar yer ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 500 ming bosh tovuq boqish, 1 million 735 ming dona jo‘ja parvarishlash imkoniyati yaratildi. 150 kishi ish bilan ta’minlandi. Shu kunlarda 1000 tonna sig‘imga ega muzlatkich omborxona foydalanishga topshiriladi.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
Kelgusida tovuq go‘shtidan sosiska, par yostiq va ko‘rpalar, ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari korxona faoliyatini kengaytirish, viloyatning boshqa tumanlarida ham shunday majmualar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
Korxonada xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan. Uning natijasida majmua o‘zini gaz bilan ta’minlash imkoniga ega bo‘lib, 50 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
Shu yerda Surxondaryo viloyatida ertapishar mahsulotlar yetishtirish va eksportga chiqarish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligiga oid boshqa loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezident tomorqachilik bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
Surxondaryo viloyatida 400 mingta xonadonda 48 ming gektar yer bor. Joriy yilda birinchi ekinlardan 644 ming tonna hosil olindi. Viloyat iqlim sharoitida, kichik issiqxonalar tashkil etish orqali bemalol uch marta hosil olish, eksport qilish mumkin. Bu qariyb 150 ming gektar yerdan foydalanish bilan barobar.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
Masalan, bu yil mamlakat tarixida birinchi marta kartoshka eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Surxondaryo viloyatida 270 ming tonnadan ziyod kartoshka yetishtirildi. Uning 100 ming tonnasini eksport qilish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
- Tomorqachilik oziq-ovqat mahsulotlarini arzon qilish, inflyatsiya darajasini pasaytirishda tayanch nuqtalardan biri. Bu orqali qancha odam ishli bo‘ladi, oilalarga daromad, baraka kiradi. Tomorqadan samarali foydalangan odam boqimanda bo‘lmaydi, boy bo‘ladi. Buning uchun tizim yaratilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning tayanch nuqtalarini ko‘rsatib o‘tdi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.