Samarqandda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi (foto)

Samarqandda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi (foto)
16 may kuni Samarqand shahrining Motrid qo‘rg‘onida yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Avtofalokat oqibati tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Kun.uz manbalarining voqea tafsilotlarini so‘zlab berishlaricha, 404-yo‘nalish bo‘yicha qatnovchi Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi «Spark» avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘lga yonboshlab qolgan.
Samarqandda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi (foto)
Samarqand viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi tufayli qurbon bo‘lganlar yo‘q, uch kishi turli darajadagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Samarqandda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.