Bir yevropalikning millatimiz haqidagi fikrlari

Bir yevropalikning millatimiz haqidagi fikrlari
Bundan 7 yil ilgari Germaniyalik bir turistni Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga mashinamda olib borganman. Bir haftadan keyin olmon sayyoh to‘satdan: \"O‘zbekiston xalqi ovqatsevar xalq ekan\", - deb qoldi va darrov izoh berdi. \"Yurtingizning har qadamida ichi mijozga to‘la kafelar borligi u yerda pishirilayotgan taomlarga ehtiyoj kuchliligini va yerli millat ovqatga o‘chliligini anglatadi\", - dedi.

\"Buning nimasi yomon?\" - deb so‘raganimda turist: \"Ovqatga o‘ch odamlar ko‘pincha uyquga moyil, to‘g‘ri fikrlashdan uzoq kishilar bo‘lib, o‘limdan qo‘rqadigan bo‘lishadi\" - dedi. Biroz sukutdan so‘ng u ko‘zlarimga qarab turib: \"O‘limdan qo‘rqadiganlar esa hamisha kurashdan ham qo‘rqishadi\" - dedi.

Ustimdan sovuq suv sepilgandek bo‘ldi. Yillar davomida javobini topolmagan bir jumboqni yechganday bo‘ldim. “Nega bu aholi bunchalik qo‘rqoq? Nega boshqa bir millatdoshi yoki dindoshining huquqlari u yoqda tursin, hattoki o‘zining va farzandlarining huquqlarini himoya qilishdan, bu yo‘lda kurashishdan qo‘rqadi?” – degan savolga javob olganday bo‘ldim.

Bir yevropalik bir haftada qanday millat ekanimizni darrov ilg‘agan....
Ahmad Botir

Manba: Azon.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.