Prezident Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi doirasida 80 mln dollar pora olingani haqida gapirdi

Prezident Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishi doirasida 80 mln dollar pora olingani haqida gapirdi
Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi vaqtida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasi korrupsiyalashgani to‘g‘risida ham gapirdi.

«Mustaqil bo‘lganimizdan beri neft-gaz sohasidagi loyihalarning 50 foizi pora bilan bo‘lib kelgan.

Birgina Surg‘il neft-gaz loyihasi
(Surg‘il konidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi — tahr.) bir amaldor 80 million dollar olgan! 80 million-a! Xalqni kim o‘ylaydi?», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident qaysi amaldorni nazarda tutgani ma’lum emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.