Harbiylar oilasi e’tibor markazida

Harbiylar oilasi e’tibor markazida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan 5 ta muhim tashabbusi asosida respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila a’zolari bilan “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Harbiylar oilasi e’tibor markazida
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi asoslari” mavzusida davra suhbatini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzi asoslarini yanada takomillashtirish va singdirish shuningdek ijtimoiy himoya qilish, ma’naviy qo‘llab quvatlash hamda sog‘lom ma’naviy axloqiy muhitni qaror toptirishdan iboratdir.
Harbiylar oilasi e’tibor markazida
Davra suhbatlarida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, Respublika Psixologlar uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, maktabgacha ta’lim muassasa va Sog‘liqni saqlash boshqarmalari vakillari tomonidan tadbir ishtirokchilariga “Jismoniy faollik va ruxiy muvozanat salomatlik garovi”, “Oiladagi sog‘lom muhit va farzand tarbiyasi”, “Harbiy xizmatchilarning farzandlarini Maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish tartibi”, “Oilada o‘zaro munosabatlar va ularning yechimlari” kabi bir qator mavzularda ma’ruzalar taqdim etmoqdalar.
Harbiylar oilasi e’tibor markazida
Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun kitob hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazilib, oilalardagi vaqtincha ishsiz ayollar ish bilan ta’minlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.