Toshkentda uchta xonadonda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: UZ24
25 iyun kuni soat 19:39 da Toshkent shahri Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida joylashgan uchta xonadon tomi yonib ketdi, deb xabar berdi UZ24.
Yong‘inning umumiy maydoni 150 kvadrat metrni tashkil etdi.
«O‘t o‘chirish xizmati hodisa joyiga 19:45 da yetib borgan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 20:18 da yong‘in o‘chirilgan», — deyiladi xabarda.
Yong‘inni o‘chirishga 7 ta texnika birligi jalb qilingan. O‘t o‘chiruvchilar uchta uyning 310 kvadrat metr maydonini asrab qolishdi.
Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!25 iyun kuni soat 19:39 da Toshkent shahri Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida joylashgan uchta xonadon tomi yonib ketdi, deb xabar berdi UZ24.
Yong‘inning umumiy maydoni 150 kvadrat metrni tashkil etdi.
«O‘t o‘chirish xizmati hodisa joyiga 19:45 da yetib borgan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 20:18 da yong‘in o‘chirilgan», — deyiladi xabarda.
Yong‘inni o‘chirishga 7 ta texnika birligi jalb qilingan. O‘t o‘chiruvchilar uchta uyning 310 kvadrat metr maydonini asrab qolishdi.
Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













