Mashina salonidan 65 mln so‘m va 2700 dollar o‘g‘irlagan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi

Mashina salonidan 65 mln so‘m va 2700 dollar o‘g‘irlagan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi
Noma’lum shaxslar Toshkent tumanida yashovchi B.S. boshqaruvidagi “Neksiya” avtomashinasi salonidan 65 mln so‘m, 2700 AQSh dollari, fuqarolik pasporti va korxonasining hujjatlarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, voqea 24 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “O‘z kabel” do‘koni oldida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, mashina eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi 19 yoshli D.H., 11-o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchilari Yu.Yu. va J.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.