Uchtepa tumanida birinchi Street workout sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Uchtepa tumanida birinchi Street workout sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “O‘tkir” mahallasida tumanda birinchi bo‘lib Street workout sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “O‘tkir” mahallasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha kitobxonlik to‘garagi tashkil etildi.
Uchtepa tumanida birinchi Street workout sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Mahalladagi bolalar bo‘sh vaqtlarida kelib, o‘zlari xohlagan kitoblarini mutolaa qilishlari mumkin.

Street workout nima? Bu ko‘chada o‘z tanangizni rivojlantirish bo‘yicha mashqlar. Deyarli har bir narsani snaryadlar va trenajyorlar sifatida ishlatish mumkin: bruslardan boshlab boshqa mashq qilinuvchi «vorkauter»gacha.
Uchtepa tumanida birinchi Street workout sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Uchtepa tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tez orada tuman hududida street workout bilan shug‘ullanish uchun 20ta maydoncha barpo etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.