Oʻzbekistonda hisoblagichlarni qiyoslash boʻyicha yangi tartib belgilandi

Oʻzbekistonda hisoblagichlarni qiyoslash boʻyicha yangi tartib belgilandi
“Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Daryo nashri maʼlum qildi.

Qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha maʼmuriy reglamentlar tasdiqlandi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

- yuridik shaxslar uchun — 8 yil;
- jismoniy shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.