Bektemirdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yongʻin yuz berdi

Bektemirdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yongʻin yuz berdi
Foto: Toshkent shahar yongʻin xavfsizligi boshqarmasi
25-avgust kuni soat 19:11 da Bektemir tumani, Ohangaron shoh koʻchasida joylashgan “Gulsara Lyuks” MCHJga qarashli AGTKSda “ZIL” rusumli yuk avtomashinasi motor va kabina qismlari yondi. Bu haqda Toshkent shahar yongʻin xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qildi.

Jangovar boʻlinmalar chaqirilgan manzilga soat 19:15 da yetib borgan. Koʻrilgan tezkor choralar natijasida yongʻin soat 19:24 da oʻchirilgan. Hodisa joyiga 4 ta yongʻin oʻchirish texnikasi jalb qilingan.
Bektemirdagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yongʻin yuz berdi
Foto: Toshkent shahar yongʻin xavfsizligi boshqarmasi
Yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisada insonlarning halok boʻlishi va tan jarohati olishi holatlari qayd etilmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.