Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Bugun, 28 avgust kuni soat 16.55 larda Shayxontohur tumanidagi Sebzor ko‘chasida «Mirkamol Trans Servis» MChJga qarashli Gazel mikroavtobusi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.

Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sodir bo‘lganida mikroavtobusning yo‘lovchi bo‘linmasida hech kim bo‘lmagan. Transport vositasi texnik ko‘rikka olib borilayotgani sababli unda faqat haydovchi, 39 yoshli Umidjon R. bo‘lgan.

Yong‘inning dastlabki sababi: elektr simlaridagi qisqa tutashuv.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.