Chilonzorda sauna yonib ketdi. Bir kishi qutqarib qolingan

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Toshkentning Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasida joylashgan «Zdorovoye Telo» kompaniyasiga qarashli saunada 15 sentyabr, yakshanba kuni soat 16:45 atrofida yong‘in yuz bergan.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, ikkita o‘t o‘chirish bo‘linmasi hodisa joyiga soat 16:52 da yetib borgan va yong‘in 17:04 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida saunaning 6 kvadrat metr maydonida ichki jihozlari yongan, 114 kvadrat metr maydoni esa yong‘indan saqlab qolingan.
«Saunaning 27 yoshli ishchisi tutundan dimiqqan holda qutqarib qolingan va shifoxonaga yuborilgan», — deyiladi DYoXX axborotida.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in saunadagi qozonxonaning qizib ketishi oqibatida yuz bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkentning Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasida joylashgan «Zdorovoye Telo» kompaniyasiga qarashli saunada 15 sentyabr, yakshanba kuni soat 16:45 atrofida yong‘in yuz bergan.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, ikkita o‘t o‘chirish bo‘linmasi hodisa joyiga soat 16:52 da yetib borgan va yong‘in 17:04 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida saunaning 6 kvadrat metr maydonida ichki jihozlari yongan, 114 kvadrat metr maydoni esa yong‘indan saqlab qolingan.
«Saunaning 27 yoshli ishchisi tutundan dimiqqan holda qutqarib qolingan va shifoxonaga yuborilgan», — deyiladi DYoXX axborotida.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in saunadagi qozonxonaning qizib ketishi oqibatida yuz bergan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













