Surxondaryoda traktor butunlay yonib ketdi, kuygan haydovchi shifoxonaga yotqizildi

Surxondaryoda traktor butunlay yonib ketdi, kuygan haydovchi shifoxonaga yotqizildi
Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Surxondaryoning Qiziriq tumanida 15 sentyabr, yakshanba kuni soat 14:00 atrofida «Yangiobod» mahallasi bo‘ylab Angordan Qiziriqqa tomon ketayotgan traktor yonib ketgan.

Voqea joyiga o‘t o‘chirish bo‘linmasi yetib kelgan vaqtda traktor to‘liq yonayotgan bo‘lgan. Yong‘in o‘chirilgan, traktor haydovchisi — 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro U.E. esa kuyish tan jarohati olgan.

«Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi FVV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi axborotida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.