Olmazor tumanidagi YTH haqida maʼlumot berildi

Olmazor tumanidagi YTH haqida maʼlumot berildi
5-oktyabr kunidan 6-oktyabrga oʻtar tunda taxminan soat 1.40 da Olmazor tumanidagi Farobiy koʻchasida 23 yoshli Mirayub M. ishonchnoma boʻyicha “Neksiya-3” rusumli avtomobilni boshqarib, koʻchani yorituvchi metall ustunga toʻqnashgan.

YTH natijasida haydovchiga ogʻir tan shikastlari yetgan boʻlib, u voqea joyida hayotdan koʻz yumgan. YTHning taxminiy sababi: haydovchi tezlikni sezilarli darajada oshirib, boshqaruvni yoʻqotgan.

Hurmatli haydovchilar! Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishingizni va tezlikni oshirmasligingizni soʻraymiz.
Olmazor tumanidagi YTH haqida maʼlumot berildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.