Toshkentda haydovchi gaz quvuriga borib urilishi oqibatida yong‘in chiqdi

6 oktyabrda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz quvuri shikastlanishiga olib kelgan avtofalokat yuz berdi. Tumanning Qorasuv dahasida “VAZ-2106” mashinasini boshqarayotgan 25 yoshli Xusniddin X. tungi soat 1:30 atrofida Chaxbud ko‘chasidagi gaz quvurini ushlab turgan ustunga borib urilgan.
Haydovchiga shikast yetmagan, biroq quvurning shikastlanishi gaz sizib chiqishiga va uning yonishiga olib kelgan. Yong‘in haqida “101” telefon raqamiga soat 1:41da ma’lum qilingan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 8 daqiqadan keyin yetib kelishgan. Yong‘in soat 2:30 da to‘liq bartaraf etilgan.
Taxmin qilinishicha, falokatga avtomobil tormoz tizimi nosozligi sabab bo‘lgan. Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasi (Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi) bo‘yicha ma’muriy qoidabuzarlik haqidagi bayonnoma tuzilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Haydovchiga shikast yetmagan, biroq quvurning shikastlanishi gaz sizib chiqishiga va uning yonishiga olib kelgan. Yong‘in haqida “101” telefon raqamiga soat 1:41da ma’lum qilingan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 8 daqiqadan keyin yetib kelishgan. Yong‘in soat 2:30 da to‘liq bartaraf etilgan.
Taxmin qilinishicha, falokatga avtomobil tormoz tizimi nosozligi sabab bo‘lgan. Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasi (Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi) bo‘yicha ma’muriy qoidabuzarlik haqidagi bayonnoma tuzilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













