Bugun Saida Mirziyoyeva tug‘ilgan kunini nishonlamoqda

Bugun Saida Mirziyoyeva tug‘ilgan kunini nishonlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva 1984 yil 4 noyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

Saida Mirziyoyeva 2006 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugatgan. 2006-2008 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda 2008-2010 yillardan M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistranti bo‘lgan.
Bugun Saida Mirziyoyeva tug‘ilgan kunini nishonlamoqda
Saida Mirziyoyeva 2010-2018 yillarda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan. 2018 yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisidir. Shuningdek, 2018 yildan hozirga qadar M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Strategik tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi hisoblanadi.
Bugun Saida Mirziyoyeva tug‘ilgan kunini nishonlamoqda
U 2019 yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Biz ham tahririyatimiz nomidan Saida Mirziyoyevani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.