Tanangizning har bir​ a'zosi "sirlaringiz"ni fosh etadi...

Tanangizning har bir​ a'zosi "sirlaringiz"ni fosh etadi...
Tanangizdagi ayrim a’zolaringizning tuzilishi ham sizga sog‘lig‘ingiz yoki xarakteringiz haqida ma’lumot berishi mumkin. Quyida sizga ko‘zlar, quloqlar, burun va lablar shakllariga qarab, o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan bir necha ma’lumotlarni keltirib o‘tmoqchimiz:
Ko‘k yoki moviy ko‘zli insonlar, mutaxassislar fikricha, yoriqqa o‘ta sezgir bo‘lisharkan. Chunki ulardagi yorug‘likdan himoyalovchi pigment kamroq bo‘lar ekan hamda bunday ko‘z egalarida hayotlari mobaynida irsiy kasallik hisoblangan, ko‘rish qobiliyatining pasayishi yoki katarakta kabi kasalliklarga chalinish ehtimoli yuqoriroq bo‘lar ekan.
Tanangizning har bir​ a'zosi "sirlaringiz"ni fosh etadi...
Luisvill universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, jigarrang ko‘zli insonlar esa tezkor sport turi bo‘lgan boksda ancha muvaffaqiyat qozonishlari tasdiqlangan. Ochroq jigarrang ko‘zli insonlar golf o‘yiniga iqtidorli bo‘lishi mumkin ekan.
Ko‘zlari bir-biriga yaqin joylashgan insonlar esa, o‘ziga juda ishongan, mustaqil bo‘lib, ko‘p hollarda ular ishonchli sirdosh bo‘lishi mumkin.
Tanangizning har bir​ a'zosi "sirlaringiz"ni fosh etadi...
Xitoylik mutaxassislarning izlanishlari esa katta quloqli insonlarda hayotni sevish va xohlagan narsasiga erisha olish qobiliyati kuchli bo‘lishini ko‘rsatgan. O‘z o‘rnida, ular judayam mustaqil shaxslardir.
Quloq suprasida qirqimi bo‘lgan insonlarda esa yurak xurujiga uchrash ehtimoli yuqoriroq bo‘lar ekan.

Katta burunli insonlarda allergiya, tumov kabi kasalliklarga chalinish holatlari kam uchrar ekan. Katta burunlar egalarining changli zarralarni yutishiga to‘sqinlik qilishi tasdiqlangan.
Tanangizning har bir​ a'zosi "sirlaringiz"ni fosh etadi...
Ingichka labli ayollarning uzoq muddatli munosabatlarga moyilligi sinalgan bo‘lsa, sergo‘sht dudoqli xonimlarning mashhurlikka erishish ko‘rsatkichi juda ham yuqori ekan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sevara
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.