Nukusda Spark haydovchisi YPX xodimini kapot ustida yarim kilometr “sayr qildirdi” (video)

Nukusda Spark haydovchisi YPX xodimini kapot ustida yarim kilometr “sayr qildirdi” (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimining toʻxtash haqidagi ishorasiga boʻysunmay, xodimni kapot ustida yarim kilometrcha masofaga sudrab ketgan Spark videosi tarqaldi. Mazkur voqea Nukusda yuz bergan.

Hodisa jabrlanuvchi YPX xodimi tomonidan toʻxtatilgan boshqa haydovchi tomonidan olingan. “Meni toʻxtatgan GAI boshqa mashinani istab, qochib ketdi”, — deydi videoga olgan haydovchi.

Voqea qanday yakunlangani nomaʼlum. Ushbu holat yuzasidan vakolatli organlar hozircha rasmiy axborot bergani yoʻq.

Ushbu roʻy bergan voqeani quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin: VIDEO
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.