Toshkentda Boʻrijar anhoridan toʻpponcha topildi

Toshkentda Boʻrijar anhoridan toʻpponcha topildi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1-dekabr soat 14:50larda 3- va 4-dahalar hududidan oqib oʻtuvchi Boʻrijar anhoridan oʻqotar qurol – Makarov toʻpponchasi topildi.

Postda.uzʻning yozishicha, toʻpponcha polietilen paketga qismlarga ajratilgan holda solingan. Shu bilan birga, polietilen paketda 2 dona oʻqdon va 18 dona oʻq ham boʻlgan.
Xabarda taʼkidlanishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.