Diniy savollarga javob beruvchi Call markaz ish boshladi

Diniy savollarga javob beruvchi Call markaz ish boshladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ibodatga doir shar’iy masalalarga telefon orqali javob berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Musulmonlar idorasi matbuot xizmatiga ko‘ra, endilikda fuqarolar bu boradagi o‘z savollariga ushbu call markaz orqali javob olishlari mumkin.

Call markazning ish tartibi dushanba kunidan shanba kunigacha, soat 9:00 dan 17:00 gacha davom etadi (ibodat vaqtlari istisno qilinadi, dam olish kuni yakshanba).
78-150-33-44 telefon raqamlari orqali call markazga qo‘ng‘iroq qilinadi va fatvo bo‘yicha malakali mutaxassislardan javob olinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.