Vazirlik o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talaba va ota-onalarni ogohlantirmoqda

Vazirlik o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talaba va ota-onalarni ogohlantirmoqda
Qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Republikasi fuqarolaridan ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

Arizalar 2020 yilning 7 fevralidan 15 fevraliga qadar (shu kuni ham) har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi va suhbatlar o‘tkaziladi, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabarida.

Shuningdek, vazirlik qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilayotgan fuqarolar va ularning ota-onalariga murojaat qilgan.

«Siz tomoningizdan taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq bo‘lgan taqdirda Hududiy ishchi guruhlari tomonidan albatta qabul qilinadi.
Ko‘chirishda hech qanday qo‘shimcha talablar va sinovlar qo‘yilmaydi.
Turli «yordam beradigan» ta’magir va firibgarlarning takliflaridan ehtiyot bo‘ling».
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.