Bosh vazir va hukumat a’zolari faoliyatiga natijadorlik mezonlari asosida baholash tizimi joriy etiladi

Bosh vazir va hukumat a’zolari faoliyatiga natijadorlik mezonlari asosida baholash tizimi joriy etiladi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

2020 yil 1 iyunga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- Bosh vazir, hukumat a’zolari, ijro hokimiyati organlarining barcha darajadagi rahbar va xodimlari faoliyatiga natijadorlik mezonlari asosida baholash tizimini joriy etish;
- har bir sohani o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha aniq reja va dasturlarni ishlab chiqish;
- vazirlik va idoralar ko‘rsatkichlari bilan birgalikda har bir viloyat va tumanning faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish;
- Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning muhim masalalariga oid yig‘ilishlarida hokimlar va hududiy idoralar rahbarlari faoliyatiga baho berish tizimini yaratish;
- ushbu tizimni xalqaro reyting va indeks ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Vazirlar Mahkamasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.