Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana bir yirik tadbir qoldirildi

12–16 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo bo‘ylab Covid-19 koronavirus xavfi tufayli kechiktirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligida ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida koronavirus bilan bog‘liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotgani bildirildi.
Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha cheklovlar joriy etildi. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo‘ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda.
Xabarda “Ziyorat turizmi haftaligi” qaysi sanaga ko‘chirilgani ma’lum qilinmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Sog‘liqni saqlash vazirligida ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida koronavirus bilan bog‘liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotgani bildirildi.
Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha cheklovlar joriy etildi. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo‘ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda.
Xabarda “Ziyorat turizmi haftaligi” qaysi sanaga ko‘chirilgani ma’lum qilinmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













