"Bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin"

"Bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin"
Foto: EPA-EFE/ALEX PLAVEVSKI
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori koronavirus kasalligi qaysi bemorlarda qayd etilganini ma’lum qildi.
«Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar shu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar», - dedi Bahrom Almatov.

Uning aytishicha, bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin.

«Bugungi kunda telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin. Koronavirus to‘lqinlar orqali yuqmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak», — dedi Bahrom Almatov.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetgani xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.