Koronavirusning og‘ir shakli qanday namoyon bo‘ladi?

Koronavirusning og‘ir shakli qanday namoyon bo‘ladi?
Foto: «Rambler»
COVID-19 koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli isitma, yo‘tal va nafas qisishida namoyon bo‘ladi. «Zakon.kz» yozishicha, bu haqda Moskvadagi 40-shahar klinik kasalxonasi bosh vrachi Denis Protsenko ma’lum qildi.

Uning tushuntirishicha, eng xavfli alomat bu — nafas qisishi bo‘lib, arteriyadagi qonda kislorod kamayib ketishi oqibatidir.
O‘pkaning juda katta qismini virus qamrab olganidan keyin u asosiy vazifasi — kislorodni qonga uzatishni bajara olmay qoladi.

Protsenkoning ta’kidlashicha, aksariyat bemorlarda koronavirus bitta paratsetamol qabul qilish bilan o‘tib ketyapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.