Stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berilmoqda

Stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berilmoqda
Davlat xizmatlari agentligi karantin vaqtida avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnomalar berish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 8 aprel holatiga DXMlarga 195 mingga yaqin ariza kelib tushgan bo‘lib, shulardan 175 mingdan ortig‘i ko‘rib chiqilgan. Natijada 33 mingdan ziyod ariza qanoatlantirilgan, 142,5 mingga yaqin so‘rov belgilangan talablarga javob bermagani uchun rad etilgan.

Eng ko‘p ariza Toshkent shahridan – 71 mingdan ortiq. Toshkent viloyatida 17 mingga yaqin, Farg‘onada 16 mingdan ortiq, Samarqandda 14 mingdan ziyod haydovchi maxsus ruxsatnoma olish uchun so‘rov kiritgan.

Shu paytgacha DXMlar tomonidan eng kam stiker Sirdaryo viloyatida bor-yo‘g‘i 125 ta, Jizzax viloyatida 313 ta berilgan.
Stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berilmoqda
Stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berilmoqda
Stiker uchun arizalarning 80 foizidan ortig‘iga rad javobi berilmoqda
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.