AI-91 markali benzin narxi yana arzonladi

AI-91 markali benzin narxi yana arzonladi
\"O‘zbekneftgaz\" AJ tomonidan mart oyidan buyon \"UNG\" milliy brendi ostidagi yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida benzin va dizel yoqilg‘isi narxlari bosqichma-bosqich pasaytirib kelinmoqda.
AI-91 markali benzin narxi arzonlashtirildi va 2020 yilning 13 aprel kunidan boshlab 5600 so‘m qilib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, \"O‘zbekneftgaz\" yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida bir oy vaqt oralig‘ida dizel yonilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirildi.
Shuningdek, joriy yilning 26 mart kunidan e’tiboran AI-92 markali benzinning narxi pasaytirilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.