O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya tomonidan ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, polkovnik Bekmurod Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Bekmurod Abdullayev.
Foto: Ichki ishlar vazirligi

Tayinlovga qadar Bekmurod Abdullayev Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Mamirjon G‘aniyev Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari — Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.
Polkovnik Sarvar Mamayusupov esa Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.