Toshkentda taniqli xonanda koronavirus sababli karantinga olindi

Toshkentda taniqli xonanda koronavirus sababli karantinga olindi
Taniqli opera xonandasi, “Shuhrat” medali sohibasi Shirin Mamatova Toshkentdagi 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushib qoldi. U bu haqda Instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

Aziz obunachilarim, ayrim noxush sabablar tufayli kasalxonaga tushib qoldim. Hozirgi kunda kasalxona karantinga yopildi. Bu hamma bilan yuz berishi mumkin. Ahvolim yaxshi, koronavirusga test topshirdim, natija salbiy chiqdi. Biroq yana 14 kunni kasalxonada o‘tkazishim kerak. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang”, — deb yozadi Shirin Mamatova.

Xonandaning muxlislari izohlarda unga sog‘lik tilab, hammasi yaxshi bo‘lishini yozib qoldirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.