Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifi davomida muhim deklaratsiyani imzolashi ma’lum qilindi

2020 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbari Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy tomonlari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining rejalashtirilgan muddatda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilishgan.
Tomonlar oliy darajadagi tadbir kun tartibini shakllantirish hamda ikki tomonlama hujjatlarni kelishish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi. Ma’lum qilinishicha, tashrif yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning siyosiy, savdo-iqtisodiy tomonlari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining rejalashtirilgan muddatda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilishgan.
Tomonlar oliy darajadagi tadbir kun tartibini shakllantirish hamda ikki tomonlama hujjatlarni kelishish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi. Ma’lum qilinishicha, tashrif yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













