Karantin paytida yo‘lovchi tashiyotgan andijonlik Damas haydovchisi "qo‘lga tushdi"

Karantin paytida yo‘lovchi tashiyotgan andijonlik Damas haydovchisi "qo‘lga tushdi"
Joriy yilning 26 aprel kuni soat 10:00lar atrofida Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasida joylashgan karantin nazorat postida viloyat IIB YHXB hamda SEN xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida haydovchi M.Abdullayev boshqaruvidagi “Damas“ rusumli transport vositasi to‘xtatilib tekshirilgan vaqtda avtomashinaga berilgan maxsus ruxsatnoma orqali haydovchi karantin qoidalarini buzgan holda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 54-moddasiga ko‘ra SEN xodimi tomonidan bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati​ xabar berdi.
Karantin paytida yo‘lovchi tashiyotgan andijonlik Damas haydovchisi "qo‘lga tushdi"
\"Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasiga berilgan ruxsatnomadan maqsadli, karantin qoidalarini buzmagan holda foydalanishingizni so‘rab qolamiz\" deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.