Sardobadagi avariya sabab evakuatsiya qilingan aholiga sirdaryoliklar o‘z uylaridan joy bermoqda

Sardobadagi avariya sabab evakuatsiya qilingan aholiga sirdaryoliklar o‘z uylaridan joy bermoqda
Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati
Sardoba suv ombori dambasida suv sizib chiqishi oqibatlarini bartaraf etish uchun viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo tumanida ham evakuatsiya qilingan aholini kutib olish uchun zaruriy choralar ko‘rildi.

Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni damda tumandagi «Dehqonobod», «Baxmal», «Tinchlik», «Xazina», «Ishonch», «Tadbirkor», «Orzu», «Ahillik», «Turkiston» MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar 1400 dan ziyod evakuatsiya qilingan aholiga o‘z uylaridan boshpana ajratmoqda.
Sardobadagi avariya sabab evakuatsiya qilingan aholiga sirdaryoliklar o‘z uylaridan joy bermoqda
Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati
Bundan tashqari, tumandagi 525 harbiy qismda 500 o‘rinli, Baxt shahar yengil-sanoat kolleji binosida 200 o‘rinli yotoq joylari tayyorlanib, evakuatsiya qilinayotgan aholini joylash rejalashtirilgan.
Sardobadagi avariya sabab evakuatsiya qilingan aholiga sirdaryoliklar o‘z uylaridan joy bermoqda
Foto: Sirdaryo tuman hokimligi matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Suv ombori to‘g‘oni buzilib, suv toshib chiqishiga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.