Odam ahli aro arjumand

Odam ahli aro arjumand
Sinovli kunlar bizga ko‘p narsani o‘rgatdi. Koronavirus balosiga qarshi kurashayotgan bir vaqtimizda kelgan tabiiy ofatlar, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori holatlari bir-birimizga mehrli, muruvvatli, himmatli bo‘lishga va savob ishlarni ko‘proq qilishga undamoqda. Yurtimizda xayrli ishlar yakdillik bilan tashkil etilmoqda.

\"AmbassadorM\" kompaniyasi rahbariyati karantin va ro‘za munosabati bilan Toshkent shahrida 100 ta, Sirdaryo viloyatida 100 ta, Surxondaryo viloyatida 100 va Nukus shahrida 100 ta oilaga yordam berishga qaror qildi. Shuningdek 1000 ta oilaga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qo‘ygan.
Odam ahli aro arjumand
Hazrati Ali (r.a.) debdilarki: “Kim, bir qalbga sevinch bersa, Alloh bu sevinchdan bir lutf yaratadi. Vaqti kelib, o‘sha inson boshiga bir musibat tushsa, mana shu lutf bir suv kabi ul kimsaning qalbiga oqib kiradi va u yerdan qayg‘uni haydab chiqaradi”.
Odam ahli aro arjumand
\"AmbassadorM\" tashabbusni davom ettiradi. \"Sirdaryoliklarga ko‘mak” xayriya aksiyasiga ham jamoa qo‘lidan kelgancha yordam bermoqda.
“O‘zbekistonni birga qutqaramiz\" shiori ostida chellendj davom etar ekan bu hayrli ishlarda kompaniyaning har bir a’zosi munosib xissa qo‘shib kelayotganidan mamnun. Shu jumladan Samarqand, Namangan, Surxondaryo, Nukus va Toshkent shahri hamkorlari bu tashabbusga o‘z xissasini qo‘shishmoqda.
Odam ahli aro arjumand
“O‘zbekistonni birga qutqaramiz \"shiori ostida chellendji, mehr-muhabbat va oqibat o‘zbek xalqining haqiqiy siyrati ekanligini ko‘rsatdi.

Hazrat Navoiy yozmishki:
Birovkim anga himmat o‘ldi baland,
Erur odam ahli aro arjumand.


Nargiza Kamalova tayyorladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.