Surxondaryoda “Captiva” va traktor to‘qnashuvi oqibatida bolakay olamdan ko‘z yumdi

3 may kuni soat 16:30 da Qumqo‘rg‘on tumani, \"Arslonboyli\" mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda 73 yoshli fuqaro B.Sh. “Captiva” kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaro A.J.ning boshqaruvidagi traktor yo‘liga chiqib ketib avtohalokat sodir etgan. u haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Oqibatda traktor ichida bo‘lgan 7-sinf o‘quvchisi 13 yoshli Sh.J. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.J. 7 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.