Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’ektiga zarar yetgan

Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’ektiga zarar yetgan
Foto: Davergeodezkadastr
Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida ro‘y bergan suv toshqini natijasida suv bosgan hududlardagi turar va noturar ko‘chmas mulk ob’ektlari «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’ektiga zarar yetgan
10 may holatiga ko‘ra, 10ta mahalla fuqarolar yig‘inining 20ta aholi yashash punktida jami 5 969ta turar va 277ta noturar joy ob’ektlari zararlanganligi aniqlandi. 5 969 turar joylarning 4 587tasi yakka tartibdagi uy joy, 1 337tasi ko‘p qavatli xonadon va 45tasi qurilishi tugallanmagan uy joylar.
Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’ektiga zarar yetgan
Bildirilishicha, ushbu zararlangan turar va noturar joylarining kadastr hujjatlari va kadastr pasportlaridan 3 599tasiga dublikat hujjatlari ko‘chmas mulk egalari va foydalanuvchilariga taqdim etish uchun tayyorlandi.
Suv bosgan hududlarda 6 mingga yaqin turar joy ob’ektiga zarar yetgan
«Suv toshqini oqibatida talafot ko‘rgan aholi uylarining kadastr hujjatlari bepul tayyorlab berilishi tashkil etildi», - deyiladi qo‘mita xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.