“Sardoba ishi” bo‘yicha dastlabki xulosalar e’lon qilinadi

“Sardoba ishi” bo‘yicha dastlabki xulosalar e’lon qilinadi
Bugun, 16 may kuni soat 11.15 da Xalqaro press-klub Guliston shahridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqadi.
Xalqaro press-klubning mazkur sayyor sessiyasi 1 may kuni Sardoba toshqini va ayni paytda halokat oqibatlarini yumshatish hamda bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlanadi.

@platformauzb kanali insayderi bergan ma’lumotga ko‘ra, quyidagi mansabdorlar tadbir spikeri sifatida ishtirok etishadi:
- moliya vaziri Temur Ishmetov;
- mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov;
- iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov;
- qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov;
- investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov;
- qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Teshayev;
- suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov;
- uy-joy-kommunal xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov;
- Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev;
- mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bahrom Zulfiqorov.

Shuningdek, Bosh prokurorning matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hayot Shamsuddinov ham spiker sifatida qatnashishi va “Sardoba ishi” bo‘yicha dastlabki xulosalarni e’lon qilishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.