Respublikamiz bozorlaridagi narx-navolar ma’lum qilindi

Respublikamiz bozorlaridagi narx-navolar ma’lum qilindi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni o‘rganishda davom etmoqda. Tashkilot o‘rganishlar natijasini ma’lum qildi.

1 iyun holatiga ko‘ra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolari bilan tanishing. Eng arzon va qimmat narxlarda.

Tibbiy niqob: Andijon va Namangan viloyatida 500 so‘m, Toshkent shahrida 6 ming so‘m.
Antiseptik gel: Andijonda 700 so‘m bo‘lsa, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 20 ming so‘mgacha.

Mahalliy un birinchi navi: Toshkent viloyatida 1700 so‘m, Toshkent shahrida 6 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Qolipli non: Qoraqalpog‘iston va Andijon viloyatlarida 1250 so‘m, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming so‘m.

Makaron: Qoraqalpog‘istonda 2500 so‘m, Buxoro viloyatida 10 ming so‘m.
Shakar: Andijon viloyatida 4 ming so‘m, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming so‘m.

O‘simlik yog‘i: Toshkent shahrida 7500 so‘mdan 15300 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni: Farg‘onada 1000 so‘m, Toshkent shahrida 4 ming so‘m.

Tuxum: Qoraqalpog‘iston va Andijonda 500 so‘m, Toshkent shahrida 1200 so‘m.
Mol go‘shti: Qoraqalpog‘iston respublikasida 37 ming so‘m bo‘lsa, Toshkent shahrida 70 ming so‘m.

Qo‘y go‘shti: O‘rtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming so‘mgacha.
Tovuq go‘shti: Namangan viloyatida 10 ming so‘m, Toshkent viloyatida 30 ming so‘m.

Guruch: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming so‘mdan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16 ming so‘mdan.
Kartoshka: Surxondaryo viloyatida 1000 so‘m, Toshkent viloyatida 6500 so‘m.

Piyoz: Surxondaryoda 500 so‘m, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida 4 ming so‘m.
Sabzi: Surxondaryoda 500 so‘m, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 2500 so‘mgacha.

Sarimsoq piyoz: Qashqadaryoda 10 ming so‘m, Farg‘onada 9 ming so‘m, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan bo‘lsa, Samarqand viloyatida 90 ming so‘mgacha sotilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.